Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada «TBC Uzbekistan»ning sobiq analitigi 25 yilga hukm qilindi

Moskvada «TBC Uzbekistan»ning sobiq analitigi 25 yilga hukm qilindi

Moskvada Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi «TBC Uzbekistan» banki ma’lumotlar bazasining sobiq analitigi Yevgeniy Serebryakovni Rossiya Mudofaa vazirligi polkovnigi mashinasini portlatishda aybdor deb topib, 25 yil ozodlikdan mahrum etdi.

Sud Serebryakovni RF Jinoyat kodeksining 205-modda, 2-qism (terakt sodir etish) va 222.1-modda, 4-qism va 223.1-modda, 3-qism (portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash va tayyorlash) moddalari bilan aybdor deb topdi.

Shuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima belgilandi. Prokuratura avvalroq 28 yil talab qilgan edi.

U o‘z aybini to‘liq tan olgani qayd etilgan.

Mudofaa advokatining ta’kidlashicha, Serebryakovni Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU)ning kuratorlari «manipulyasiya» qilgan. Unga polkovnikni yo‘q qilish «urushni to‘xtatadi», deb va’da berishgan.

Portlash 2024-yil 24-iyul kuni Moskvadagi Sinyavinskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Toyota Land Cruiser avtomashinasi RF Bosh razvedka boshqarmasi polkovnigi Andrey Torgashov va uning rafiqasi unga o‘tirayotganda portlagan. Ikkovi ham yaralangan.

Voqeadan keyin Serebryakov Rossiyadan Turkiyaga qochgan. U ana shu yerda qo‘lga olingan.

Manbalarga ko‘ra, u Rossiyaning Ukrainaga qarshi siyosatiga 2022 yildan oldin ham qarshi bo‘lgan va 2014 yilda Moskvadagi urushga qarshi namoyishlarda qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring