Samarqandda 1,5 mlrd so‘mlik o‘g‘rilik: prokuratura tafsilotlarni ochiqladi

Samarqand viloyatida 1,5 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar Sh.X. va G‘.S. “M.O.” fermer xo‘jaligi rahbarining xabardorligisiz, xo‘jalikning “Jaxonobod” MFY hududidagi binosida 932,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.Y.” NTM va “N.B.” MChJga qarashli binoda MChJ rahbari S.T. 641,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter