Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudyalar daromad va mol-mulkini deklaratsiya qiladi

Sudyalar daromad va mol-mulkini deklaratsiya qiladi

O‘zbekistonda sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari kuchaytirilmoqda. Prezident farmoniga ko‘ra, sudyalar daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha deklaratsiya taqdim etishi majburiy etib belgilanmoqda.

Hujjatga muvofiq, Sudyalar oliy kengashi 2026-yil 1-sentyabrga qadar sudyalar tomonidan daromadlar va mol-mulk to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni qabul qilish, tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini ishga tushiradi.

Shuningdek, sudyalar manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini ham elektron tarzda deklaratsiya qilishi kerak bo‘ladi. Taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish ham raqamli tizim orqali amalga oshiriladi.

Farmonda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qator yangi mexanizmlar ham nazarda tutilgan. Xususan, sud apparatida Komplayens nazorat xizmati tashkil etiladi, korrupsiyaviy xavf-xatarlar muntazam baholab boriladi va sud xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun deklaratsiya tizimi joriy qilinadi.

Mazkur choralar sud tizimi shaffofligini oshirish, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish va aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring