Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 2026-yil davomida allomaning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib qilish va xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshiriladi.

Qarorga asosan, 2026-yil noyabr oyida Termiz shahrida «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etiladi. Unda mahalliy va xorijiy olimlar ishtirokida alloma merosining diniy, ilmiy va ma’naviy ahamiyati muhokama qilinadi.

Shuningdek, Hakim Termiziyning «Navodirul usul» va «Bahrut tafsir» asarlari, shuningdek uning ilmiy merosiga oid boshqa manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalari nashr etilishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil davomida Hakim Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan turkum risolalar nashrga tayyorlanib, chop etiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Hakim Termiziy asarlari bilimdoni» tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, alloma tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan 2026-yil noyabr oyida «Mardlar maydoni» shiori ostida Hakim Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan kurash turniri yuqori saviyada tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring