Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya yarim yilda 26 millionga yaqin sayyohni qabul qildi

Turkiya yarim yilda 26 millionga yaqin sayyohni qabul qildi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy.

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 31-iyul kuni Istanbulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatning 2026 yil birinchi yarim yilligiga oid turizm ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida Turkiyaga 25,8 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.

Shu davrda mamlakatning turizm daromadlari o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni saqlab qolib, 25,8 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Mehmet Nuri Ersoy 2026-yilning birinchi yarmida mintaqaviy keskinliklar va global noaniqliklar turizm talabiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatganini bildirdi.

«Turkiya ushbu mojarolarga aralashmagan va barcha aviakompaniyalarimiz hamda aeroportlarimiz uzluksiz ishlashda davom etgan bo‘lsa-da, Yaqin Sharq havo hududining yopilishi sayyohlar oqimining ma’lum darajada pasayishiga olib keldi. 2025-yilning dastlabki olti oyida Turkiya 26,4 million nafar sayyohni qabul qilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 25,8 millionni tashkil etdi. Yilning ikkinchi yarmi esa ijobiy boshlandi va mavjud prognozlarga ko‘ra, yil yakuniga qadar natijalar sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmoqda. Strategik tashabbuslar natijasida turizm daromadlarini 2025 yil darajasida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik va birinchi yarim yillikni 25,8 milliard AQSh dollari miqdoridagi daromad bilan yakunladik», — dedi vazir.

Shuningdek, Turkiyada sayyohlarning o‘rtacha qolish muddati ham oshdi. Bu ko‘rsatkich 0,5 foizga ortib, 10,01 kechaga yetdi. Bir kechaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat esa 2,6 foizga ko‘payib, 109 AQSh dollarini tashkil etgan.

Turkiyaga eng ko‘p sayyoh tashrif buyurgan davlatlar tarkibi o‘zgarishsiz qolgan. Birinchi o‘rinda Rossiya Federatsiyasi (2,65 million), undan keyin Germaniya (2,44 million) va Buyuk Britaniya (1,58 million) qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring