Uy-joy narxlari yana oshdi: eng katta o‘sish qaysi hududda?
2026-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonda turar joy ko‘chmas mulki narxlari birinchi chorakka nisbatan 1,3 foizga hamda 2025-yilning shu davriga nisbatan esa 4 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Kvartiralar narxi chorak davomida 1,2 foizga, yillik hisobda esa 5,5 foizga qimmatlashdi. Yakka tartibdagi uylar narxi esa birinchi chorakka nisbatan 1,4 foizga, o‘tgan yilning ikkinchi choragiga nisbatan 2 foizga o‘sdi.
Birlamchi bozordagi kvartiralar narxi chorak mobaynida 0,7 foizga, yillik hisobda 7,1 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda esa narxlar mos ravishda 1,6 va 4,2 foizga ko‘tarildi.
Toshkent shahrida kvartiralar narxi birinchi chorakka nisbatan 1,3 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 foizga oshdi.
Poytaxtda birlamchi bozorda kvartiralar yillik hisobda 5 foizga, ikkilamchi bozorda esa 3,2 foizga qimmatlashdi. Choraklik o‘sish mos ravishda 1 va 1,5 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonning qolgan hududlarida kvartiralar narxi chorak davomida 1,1 foizga, yillik hisobda esa 7 foizga oshdi. Hududlarda birlamchi bozorda yillik o‘sish 8,7 foizga yetgan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda bu ko‘rsatkich 5,1 foizni tashkil qildi.
Ikkilamchi bozordagi yakka tartibdagi uylar narxi respublika bo‘yicha chorak davomida 1,4 foizga, yillik hisobda 2 foizga oshdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida yakka tartibdagi uylar narxi birinchi chorakka nisbatan 0,7 foizga arzonlagan. Respublikaning boshqa hududlarida esa ushbu toifadagi uylar 2,8 foizga qimmatlashdi. Yillik hisobda o‘sish poytaxtda 1,2 foiz, boshqa hududlarda esa 2,7 foizni tashkil etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter