Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zilzilaning aloqasi yo‘q — Energetika vazirligi “M-25” konidagi yong‘inga izoh berdi

Zilzilaning aloqasi yo‘q — Energetika vazirligi “M-25” konidagi yong‘inga izoh berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yoqib qo‘yilgan.

Boysun tumanidagi gaz qudug‘ida yuz bergan yong‘in 3 noyabr kuni qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emas. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “M-25” koni hududidagi vaziyat haqida ma’lumot tarqalgan edi. Vazirlikka ko‘ra, 2 noyabr kuni ushbu konning 202-son gaz qudug‘ida avval yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi kuzatilgan. Mutaxassislar bu holatni kondagi tabiiy geologik jarayonlar natijasi sifatida izohlamoqda.

"Havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz yana tezkor ravishda yoqib qo‘yildi. Bu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda xalqaro sanoat xavfsizligi standartlariga to‘la javob beradi", — deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, hozirgi paytda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida. Bu holat kondagi oldindan rejalashtirilgan jilovlash ishlari doirasida sodir bo‘lgan bo‘lib, kutilmagan holat sifatida baholanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring