Abduqodir Husanov JCh-2026ning eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining eng tezkor futbolchilari reytingida o‘rin oldi. Tegishli ro‘yxat FIFA rasmiy saytida e’lon qilindi.
Musobaqa davomida Husanov 36,46 km/soat tezlikka erishib, umumiy reytingda 6-o‘rinni egalladi.
JCh—2026ning eng tezkor futbolchilari ro‘yxati:
1. Kilian Mbappe (Fransiya) — 37,61 km/soat;
2. Entoni Elanga (Shvetsiya) — 37,16 km/soat;
3. Mikki van de Ven (Niderlandiya) — 36,77 km/soat;
4. Jordan Bos (Avstraliya) — 36,67 km/soat;
5. Erling Xoland (Norvegiya) — 36,52 km/soat;
6. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) — 36,46 km/soat;
7. Bredli Barkolya (Fransiya) — 36,32 km/soat;
8. Jed Spens (Angliya) — 36,22 km/soat;
9. Teo Ernandes (Fransiya) — 36,17 km/soat;
10. Nelson Semedu (Portugaliya) — 35,90 km/soat.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter