Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hujum qilsangiz, mintaqani tosh davriga uloqtiramiz!» — Eron vakili ogohlantirdi

«Hujum qilsangiz, mintaqani tosh davriga uloqtiramiz!» — Eron vakili ogohlantirdi

Illyustrativ foto

Bizga hujum qilinsa, mintaqani tosh davriga qaytaramiz — Eron rasmiylari mamlakatga zarba berilsa javobi ayovsiz bo‘lishi haqida tahdid qildi.

Eronni tezkor vayronkor zarbalar bilan taslim qilishga urinish — g‘irt xomxayollik. Mamlakat parlamenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili Ibrohim Rizoiy shunday bayonot berdi.

Hujum qilingan taqdirda Tehronning javobi shu qadar vayronkor bo‘ladiki, «butun mintaqa va uning infratuzilmasini tosh davriga uloqtirib tashlaydi», dedi u.

Rizoiy raqiblarni «ahmoqlik qilmaslikka» chorlab, tajovuzdan tiyilish ularning o‘zlariga foydali bo‘lishini hamda halokatli mojarolarning oldini olishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring