Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«25 mln ber, haydovchilik guvohnomang hal...» — Buxoroda yana bir firib fosh etildi

«25 mln ber, haydovchilik guvohnomang hal...» — Buxoroda yana bir firib fosh etildi

Foto: Buxoro IIB

Buxoroda 25 million evaziga haydovchilik guvohnomasini va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ulining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida mazkur jinoyat fosh etilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, gumonlanuvchi ijtimoiy tarmoq orqali fuqaroning ishonchiga kirib, unga 3 oylik o‘quv kursini tamomlagani haqida sertifikat va «B», «C» toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan.

U ushbu ishni Buxoro, Navoiy va Qarshi shaharlaridagi imtihon markazlarida ishlovchi tanishlari orqali 1 hafta muddatda hal qilib berishga ishontirgan. Ushbu noqonuniy xizmati evaziga fuqarodan 25 mln so‘m talab qilgan.

Buxoro shahridagi Qayum Murtazoyev ko‘chasida kelishilgan pulni olayotgan vaqtida u huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

U sudda o‘ziga ishongan fuqaroga: «25 million ber, haydovchilik guvohnomang masalasi hal. Hech qanday muammo chiqmaydi. Odamlarim ishonchli», — deb aytganini ham tan olgan.

Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring