Ronaldo JCh-2026 finali favoritini aytdi
Afsonaviy braziliyalik sobiq hujumchi Ronaldo Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionati finalidan oldin o‘z fikrini bildirdi.
«Menimcha, Ispaniya Argentinani osonlikcha mag‘lub etadi. Turnirdan oldin men Ispaniya yoki Fransiya g‘alaba qozonishi mumkinligini bashorat qilgan edim. Shuning uchun men «Qizil furiya»ning final o‘yinidagi imkoniyatlarini yuqori baholayman», - deya Ronaldoning so‘zlarini keltiradi AlbicelesteTalk.
Final Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya va Angliya o‘rtasida JCh-2026 3-o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tdi. Unda Angliya 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Angliyaliklar birinchi bo‘limning oxirida 4 ta gol farqi bilan g‘alaba qozonayotgan edilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter