Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aleksandr Stubb: "Bu yerda tarixni o‘qimaydilar, uni his qiladilar..."

Aleksandr Stubb:

Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi.

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Islom sivilizatsiyasi markazining ma’naviy merosni asrash va targ‘ib etishdagi ulkan ahamiyatini yuqori baholadi

Bugun Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning boy ma’naviy merosni saqlash va keng targ‘ib etishga qo‘shayotgan katta hissasini yuqori baholadi.

“Rostini aytsam, bu yerda ko‘rganlarim meni chuqur taassurotga soldi. Har bir ekspozitsiya, har bir zal, har bir jihat nihoyatda puxta o‘ylangan. Uch ming yillik tarixni shunday zamonaviy shaklda ifodalash — bu haqiqiy san’at va yuksak mahorat namunasidir.

Bu Markaz faqat o‘tmish merosini qayta jonlantiribgina qolmay, balki kelajak avlodlar uchun ham ilhom manbaiga aylangan. Ayniqsa, interaktiv namoyishlar va innovatsion texnologiyalar yoshlarni o‘ziga tortadi — bu yerda tarixni o‘qimaydilar, uni his qiladilar.

Markazda yaratilgan muhitda zerikishning o‘zi mumkin emas. Har bir sahna, har bir yoritilgan tafsilot o‘ziga xos ma’no va ruhga ega. Men bu yerdan chuqur hayajon va samimiy minnatdorlik tuyg‘ulari bilan chiqyapman,” — dedi Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring