Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShdan O‘zbekistonga 28,6 ming nafar turist kelgan

AQShdan O‘zbekistonga 28,6 ming nafar turist kelgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 28,6 ming nafar AQSh fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 ming nafarga yoki 22,4 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 23,6 ming nafar;

xizmat yuzasidan – 2,4 ming nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 2,1 ming nafar;

o‘qish – 395 nafar;

tijorat – 111 nafar;

davolanish – 11 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring