Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda bir oila biryo‘la 4 nafar qizaloqli bo‘ldi. Qizig‘i...

Qashqadaryoda bir oila biryo‘la 4 nafar qizaloqli bo‘ldi. Qizig‘i...

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Dilfuza Bahriddinova Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali 4 nafar qizaloqni dunyoga keltirdi.

Dilfuza Bahriddinova va uning turmush o‘rtog‘i Jasur Maqayev shu kunga qadar 5 nafar qizni kamolga yetkazayotgandi. Hozirda ushbu oila 9 qizli boy xonadonga aylandi.

Egizaklar:

  • Birinchi qizaloq vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm;
  • Ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, bo‘yi 38 sm;
  • Uchinchi egizakning vazni 1600 gr, bo‘yi 40 sm;
  • To‘rtinchisining vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm.

SSV bergan xabarga ko‘ra, ayni paytda qizaloqlar filialda xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring