Azim Mullaxonovga nisbatan ochilgan ish «yopildi»
Xonanda Azim Mullaxonovga nisbatan mualliflik huquqi bo‘yicha ochilgan ish «yopildi». Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (MJtK) 271-moddasida muayyan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilangan. Xususan, MJtKning 177-1-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) 1- qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan mansabdor shaxs - huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan bo‘lsa, unga nisbatan ish yuritish mumkin emas, boshlagan ish esa tugatilishi lozim.
Yuqoridagi qonun talabidan (271-moddaning 11-bandi) kelib chiqib, MJtKning 177-1-moddasi 1-qismi bo‘yicha Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori Azim Mullaxonovga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi qarori bilan ish yurituvidan tugatildi.
Sud qaroridan norozi taraflar yuqori sud instansiyasiga shikoyat qilish huquqiga ega.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter