Evropa kinosi muxlislari uchun xushxabar
Joriy yilning 7-9 noyabr kunlari Toshkentda, 12 noyabr kuni esa Termizda X Yevropa kinofestivali bo‘lib o‘tadi. O‘ninchi bor o‘tkazilayotgan tadbir Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqlarni kino tili orqali birlashtirishga qaratilgan.
Festival dasturidan Yevropa davlatlari kinoijodkorlari suratga olgan lirik kartinalardan tortib o‘zlikni anglashga undovchi dramalarga qadar – turli janrdagi 12 ta film o‘rin olgan.
Shuningdek, ispan raqs san’ati ixlosmandlari uchun “Aire Nuevo Danza” (Ispaniya) guruhi tomonidan klassik va zamonaviy raqslardan iborat yorqin chiqishlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, Fransiya alyansi, Gyote instituti va O‘zbekiston Kino ixlosmandlari uyushmasi hamkorligida “Avlodlar” mavzusida havaskor qisqa metrajli filmlar namoyishlari o‘tkaziladi.
Festival Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi tomonidan, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan YeIga a’zo davlatlar elchixonalari bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi ko‘magida tashkil etilmoqda.
Barcha namoyishlar bepul. Filmlar original tilda, o‘zbek yoki rus tilidagi subtitrlar bilan taqdim etiladi.
Yevropa kinosi muxlislari quyida festival dasturi bilan tanishishlari mumkin.
Toshkentdagi namoyishlar
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kino san’ati saroyi
7 noyabr
11:00 – “Jonja” / “Yonya” (Germaniya)
14:00 – “Amadeo” (Portugaliya)
18:00 – “Roza of Smyrna” / “Smirnalik Roza” (Gretsiya)
8 noyabr
11:00 – “Four Souls of Coyote” / “Chiyabo‘rining to‘rt ruhi” (Vengriya)
14:00 – “Chasing Unicorns” / “Orzular izidan” (Estoniya)
18:00 – “Divertimento” (Fransiya)
9 noyabr
11:00 – “My Last Year as a Loser” / “So‘nggi yil” (Sloveniya)
14:00 – “And the King Said, What a Fantastic Machine” / “Shoh va mo‘’jizakor mashina” (Shvetsiya)
18:00 – “Carmen” / “Karmen” (Malta)
Termizdagi namoyishlar
Termiz kinoteatri
12 noyabr
11:00 – “Dekadentas №2419” / “Dekadent №2419” (Litva)
14:00 – “Gipsy Queen” / “Ringdagi qirolicha” (Avstriya)
18:00 – “Divertimento” (Fransiya)


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter