YHQ bo‘yicha jarima ballari tizimi 1-iyundan ishga tushadi (jadval)

2025-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda haydovchilarning yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi ishga tushadi.
Bu borada joriy yil 6-may kuni Hukumatning 296-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi, baholash jadvali, jarima ballarini hisoblash hamda ushbu jarayon bo‘yicha murojaat qilish tartiblari belgilandi.
Qayd etilishicha, ushbu tizimning bosqichma-bosqich joriy etilishini a’minlash maqsadida jarima ballari transport vositalarini boshqargan haydovchilarga nisbatan faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.
Ushbu hujjat bilan IIVga 2025-yil 1-iyunga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda jarima ballari hisoblashning «E-jarimaball» modulini ishlab chiqish va amaliyotgan joriy qilish vazifasi topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter