Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugunoq harakatni boshlang: insult va infarktdan uzoq bo‘ling

Bugunoq harakatni boshlang: insult va infarktdan uzoq bo‘ling

Videodan kadr

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda qayd etilayotgan o‘lim va nogironlik holatlarining katta qismi infarkt hamda insult kasalliklari va ularning asoratlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘pincha bu kasalliklar sezdirmay boshlanadi. Ayniqsa, ortiqcha vazn, kamharakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlar (chekish, alkogol) infarkt hamda insult xavfini bir necha barobar oshiradi.

Ammo buning oldini olish mumkin. Kuniga 30 daqiqa jismoniy harakat, sog‘lom ovqatlanish va muntazam tibbiy tekshiruv yuragingizni darddan himoya qiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamkorligida tayyorlangan videorolik sizni sergaklikka chorlasa, ajab emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring