Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2026-yildan qurilayotgan turar joy majmualari faqat davlat tilida nomlanishi kerak bo‘ladi

2026-yildan qurilayotgan turar joy majmualari faqat davlat tilida nomlanishi kerak bo‘ladi

2026-yildan boshlab yangi qurilayotgan turar joy majmualari qoida va me’yorlarga muvofiq faqat davlat tilida nomlanadi.

Ushbu tartib joriy yil 22-oktyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 666-qarorida belgilab qo‘yildi.

Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qurilayotgan turar joy majmualari nomlari davlat tilida bo‘lishi, davlat tili qoida va talablariga rioya etilishi lozim.

Bundan tashqari, qurilish obyektlari aks etgan bino pasporti, peshlavhalar va qurilish maydonining vaqtinchalik to‘siqlaridagi barcha yozuvlar, shu jumladan, reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.

Shuningdek, ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olishda hamda ulardan foydalanishga ruxsatnoma berishda mualliflik, texnik va ichki nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalariga taqdim qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring