25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terrorchi O‘zbekistonga olib kelindi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi joriy yilning noyabr oyida xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi.
Diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, “hijrat” va “jihod” qilishni maqsad qilgan ushbu shaxs 1999-yilda O‘zbekistondan chiqib ketgan hamda Afg‘oniston, Pokiston va Suriya hududlaridagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
O‘zganing nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan mazkur shaxs MDHga a’zo davlatlardan birida qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter