O‘zbekistonda 40 yoshdan keyin turmush qurgan ayollar soni 1,2 mingdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda FHDYo organlari tomonidan 42,3 mingta nikoh rasman qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarda ayollarning asosiy qismi 20–30 yosh toifasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, katta yoshda turmush qurganlar ulushi ham saqlanib qolmoqda.
Statistikaga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan kelinlar soni 14 946 nafarni tashkil etgan. Bu umumiy nikohlarning 35,3 foiziga teng.
20–30 yosh oralig‘ida turmush qurgan ayollar esa 22 436 nafar bo‘lib, umumiy nikohlarning 53 foizini tashkil qilgan.
31–40 yosh oralig‘ida nikoh qayd etgan ayollar soni 3 687 nafarga yetgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 8,7 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, 41 yosh va undan katta yoshda turmush qurgan ayollar soni 1 232 nafar bo‘lgan. Ularning ulushi umumiy nikohlarning 2,9 foiziga teng.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etmoqda. Bu har 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Hududlar kesimida nikoh barqarorligi eng yuqori bo‘lgan hududlar sifatida Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari qayd etilgan. Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida esa ajrimlar nisbatan yuqori ekani statistikada aks etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter