Alisher Samadov Hisob palatasiga rais bo‘ldi
Prezident farmoni bilan Alisher Bahodirovich Samadov Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
U shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Alisher Samadov 2025-yil iyul oyida PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlangandi.
U bunga qadar prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter