Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik zerikkanidan 950 ming dollar yutib oldi

Amerikalik zerikkanidan 950 ming dollar yutib oldi

Illyustrativ foto

AQShning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi Mettyu Shepard lahzalik raqamli lotereyada 950,8 ming dollar yutib oldi. U lotereyani 5 dollar sotib olgandi, deb yozmoqda People.

Shepardning aytishicha, zerikkanidan ermak uchun lotereya xarid qilgan. «Shunchaki vaqtni o‘ldirish uchun o‘ynagandim. Jekpot chiqqaniga ishonmadim ham, «Bo‘lishi mumkinmas», deb o‘yladim.

Mettyu Shepard o‘ynagan «Monopoliya» lotereyasida jekpotni yutish imkoniyati 10 milliontadan bittani tashkil etgan. Soliqlardan so‘ng uning qo‘liga 683 651 dollar tegdi. Omadli amerikalik yutuq puliga yangi yuk mashinasi sotib olmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring