Andijonda hokim o‘rinbosari, Farg‘onada bandlik mansabdori ushlandi
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kiradi.
Xususan, u Bobur shahri hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 20 sotix yer maydonini vakolatli mansabdor tanishlari orqali auksionga qo‘ydirib, so‘ngra yutib berish hamda mazkur fuqaro nomiga rasmiylashtirib, kelgusida bu joyda qurilish ishlari amalga oshirishi uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining yashash xonadonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qo‘shtepa tumani Qambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1999 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan. U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, uni Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining sirtqi yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter