AQSh atom suvosti kemasi Gibraltarga yetib keldi
AQShning qit’alararo ballistik raketalar bilan jihozlangan «Ogayo» (Ohio) toifasidagi strategik atom suvosti kemasi 10-may kuni Gibraltardagi bazaga kirib keldi.
«Bu Qo‘shma Shtatlarning imkoniyatlari, moslashuvchanligi va NATOdagi ittifoqchilar oldidagi sodiqligini namoyish etadi. «Ohio» suvosti kemalari ballistik raketalarni uchirish uchun ko‘zga tashlanmas platforma hisoblanib, AQSh yadroviy triadasi (uchligi)ning eng chidamli va yashovchan qismidir», — deya ta’kidladi Pentagon matbuot xizmati.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tarkibida 14 ta «Ohio» toifasidagi suvosti kemasi mavjud. Ularning har biri ajraluvchi kallaklarga ega 20 tagacha «Trident II D-5» ballistik raketalarini tashish imkoniyatiga ega.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter