AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi – Vens
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishni to‘xtatish qarorini Tramp ma’muriyatining asosiy yutuqlaridan biri deb baholadi.
Uning ta’kidlashicha, Vashington endi Ukraina uchun qurol sotib olmaydi va uni yubormaydi. Yevropa davlatlari esa agar xohlasa, Kiyevni mustaqil ravishda qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni moliyalashtirishdan voz kechish qarori hali ham o‘zini oqlamoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga ajratilgan mablag‘larni tekshirish zarurligini bildirgan edi. Uning baholashicha, avvalgi ma’muriyat tomonidan Kiyevga 350–400 milliard dollar yordam ko‘rsatilgan.
Tramp, shuningdek, Ukraina AQSh qo‘llab-quvvatlovisiz uzoq vaqt qarshilik ko‘rsata olmasligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, u AQShning ushbu mojaroga jalb etilishini sobiq prezident Jo Bayden siyosati bilan bog‘lagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter