Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil «probeg»ini o‘zgartirib sotganlarga javobgarlik belgilanishi mumkin

Avtomobil «probeg»ini o‘zgartirib sotganlarga javobgarlik belgilanishi mumkin

Hozirgi kunda ijtimoiy xavfli qilmishlarning yangi shakllari keng tarqalmoqda. Xususan, foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotish maqsadida odometr ko‘rsatkichi (qancha masofa yurganini ko‘rsatuvchi tablo)ni soxtalashtirish holatlari kuzatilmoqda.

Shu bois, Parlament Quyi palatasi deputatlari odometr uskunasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilganligi yoki odometr uskunasi almashtirilganligi haqida avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan oldin xaridorni xabardor etmaslik uchun ma’muriy javobgarlik choralari belgilashga doir qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks  quyidagi mazmundagi 121-1-modda (Avtotransport vositalarining odometr ko‘rsatkichlari o‘zgartirilganligi yoki odometr uskunasi almashtirilganligi haqida xabardor etmaslik) bilan to‘ldiriladi:

«Avtotransport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr uskunasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilganligi yoki odometr uskunasi almashtirilganligi haqida avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan oldin xaridorni xabardor etmaslik —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi». 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring