Bank mas’ullari 500 ming dollarlik omonatni o‘zlashtirib yuborgani oshkor bo‘ldi
Omonat pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda tijorat bankining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning bank omonatiga qo‘ygan 500 000 AQSh dollarini soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter