Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bill Geyts: Sun’iy intellekt xavf-xatarlari atayin kamaytirib ko‘rsatilmoqda

Bill Geyts: Sun’iy intellekt xavf-xatarlari atayin kamaytirib ko‘rsatilmoqda

Bill Geyts texnogigantlarni daromad ilinjida sun’iy intellekt (SI) xavf-xatarlarini atayin kamaytirib ko‘rsatishda aybladi.

O‘zaro suhbatlarda top-menejerlar jiddiy xavotirda ekanliklarini yashirishmaydi, ammo amalda trillionlab dollarlarni jalb qilishga xalaqit bermaslik uchun xavf-xatarlarni xaspo‘shlashmoqda, dedi milliarder NYTga bergan intervyusida.

Geyts sun’iy intellekt tartibga solinmasa, ommaviy ishsizlikka olib kelishi haqida ogohlantirdi. Bundan tashqari, bioterrorizmga qarshi yangi xalqaro shartnomalar tuzishga chaqirdi — uning fikricha, hatto kichik bir guruh ham ilg‘or SI vositalari yordamida kasallik viruslarini yaratishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring