Boysunda sizib chiqqan neft bo‘yicha rasmiy munosabat berildi
Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi «M-25» koni hududida neft suyuqligining yer yuzasiga sizib chiqayotgani aks etgan videolavhalar tarqalgan edi.
Energetika vazirligi bergan rasmiy munosabatga ko‘ra, mazkur neft suyuqligi tarqalishining oldini olish maqsadida hudud atrofida hamda soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari barpo etilgan.
«Yig‘ib olingan neft suyuqligi uzluksiz ravishda maxsus maydonga olib chiqilmoqda. U yerda hajmi 5 000 kub metr bo‘lgan, maxsus izolyasiyalangan 2 ta shlam hovuzi mavjud bo‘lib, u neft suyuqligini xavfsiz saqlash hamda keyinchalik undan samarali foydalanish imkonini beradi.
Barcha ishlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilgan holda olib borilmoqda.
Neft suyuqligi namunasi bo‘yicha tahlil ishlari olib borilmoqda. Uning natijalariga asosan qayta ishlash imkoniyatlari o‘rganiladi, geologik tadqiqotlar esa davom etmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Vazirliknining qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda holat doimiy monitoringda bo‘lib, neft suyuqligi jilovlangan. Dastlabki kunlarda chiqib kanalga oqqan neft suyuqliklarini tozalash ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter