Ikki o‘zbekistonlik Buryatiyadagi qurilishda yettinchi qavatdan yiqildi, ulardan biri vafot etdi
Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Buryatiya poytaxti Ulan-Ude shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosining yettinchi qavatidan yiqildi. Natijada ulardan biri vafot etdi. Hodisa shu yilning 8 may kuni yuz bergan.
Aniqlanishicha, minorali kran boshqaruvchisi ehtiyotsizlik oqibatida qurilish havozalariga shikast yetkazgan, natijada qurilmada xavfsizlik kamarisiz bo‘lgan fuqarolar pastga qulagan.
Jabrlanganlardan biri og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, ikkinchi fuqaro vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 217-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh konsulxona tomonidan Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter