Sement eksporti 3,8 barobarga oshgan: Qirg‘iz Respublikasi asosiy xaridor
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida 4 ta xorijiy davlatga qiymati 44,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,1 mln tonna sement eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 794,6 ming tonnaga yoki 3,8 barobarga oshgan.
2025 yilning 9 oyida O‘zbekiston sement yetkazib bergan davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 488 740 tonna;
Qozog‘iston – 316 794 tonna;
Afg‘oniston – 272 739 tonna;
Tojikiston – 267 tonna.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter