Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Daryoda cho‘kayotgan bolani qutqargan FVB xodimi taqdirlandi

Daryoda cho‘kayotgan bolani qutqargan FVB xodimi taqdirlandi

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi, mayor Husniddin Sharapovga «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni va pul mukofotini topshirdi.

Ma’lumot uchun, voqea joriy yilning 23-may kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa mahalliy aholi va jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilingan edi.

Soat taxminan 17:00 larda Kitob tumanining «Bog‘bon» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosiga 9 yoshli bola velosipedda harakatlanib ketayotib, muvozanatini yo‘qotgan holda tushib ketgan.

Shu vaqtda yaqin atrofda bo‘lgan mayor Husniddin Sharapov vaziyatning jiddiyligini anglab, hech ikkilanmasdan daryoga sakragan. U tezkor harakat qilib, bolani suvdan olib chiqqan va uning hayotini saqlab qolgan.

Qayd etilishcha, avvalroq Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan uni «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash haqida qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring