Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo pasportlari reytingi: O‘zbekiston nechanchi pog‘onada ekani ma’lum

Dunyo pasportlari reytingi: O‘zbekiston nechanchi pog‘onada ekani ma’lum

Henley & Partners konsalting firmasi vizasiz yo‘nalishlar soni bo‘yicha reytinglashtirgan yangi pasport indeksini e’lon qildi.

Unda O‘zbekiston 82--o‘rinni egalladi. Qo‘shni Qozog‘iston 67-o‘rinni, Qirg‘iziston esa 81-o‘rinni egallagan. 

Reytingda Singapur birinchi o‘rinda qolmoqda, Qo‘shma Shtatlar esa ilk bor 12-o‘rinni egallab, kuchli o‘ntalikdan tushib qoldi. Rossiya pasporti ham o‘z o‘rnini yo‘qotib, 46-o‘rindan 50-o‘ringa tushib ketdi - Venesuela va Moldovadan keyin joylashgan. 

2025-yilgi pasport indeksida birinchi uch o‘rinni Osiyo davlatlari egallagan: Singapur birinchi o‘rinda, fuqarolar 227 mamlakatdan 193 tasiga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya (190 mamlakat), uchinchi o‘rinda Yaponiya (189 mamlakat). 

Henley & Partnersʼning ta’kidlashicha, "20 yil oldin Henley Passport Index joriy etilganidan beri birinchi marta AQSh dunyoning eng kuchli 10 ta pasporti qatoriga kirmaydi". 2014 yil indeksida birinchi o‘rinni egallagan AQSh pasporti endilikda 12-o‘ringa tushib ketdi va Malayziya bilan bir xil natija qayd etdi. 

Pasportlar reytingi sentyabr oyida ham e’lon qilingandi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring