Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik aktrisa dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi

Amerikalik aktrisa dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi

Ilm-fanga ko‘ra, dunyodagi eng go‘zal ayol nomi aniqlandi. Olimlar Emma Stounni dunyodagi eng go‘zal ayol deb tanladi, deb yozadi Daily Mail.

Britaniyalik jarroh Julian De Silvaning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa 94,72 foiz "oltin nisbat"ga - yunonlar tomonidan yaratilgan ideal go‘zallik formulasiga mos keladi. Stouning mukammal yuz tuzilishi (97%), proporsional lablari (95,6%) va beg‘ubor qoshlari unga ustunlik beradi.

Shuningdek, ro‘yxatning boshida Zendaya, Beyonse va Margo Robbilar bor.

Oltin nisbat - bu go‘zallikni o‘lchash uchun yunonlar tomonidan ishlab chiqilgan matematik tenglama. U deyarli hamma narsaga qo‘llanilishi mumkin. Rassom Leonardo da Vinchi o‘zining mashhur asarlarida ideal erkak tanasini tasvirlash uchun oltin nisbatdan foydalangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring