Ekologik xavf: Zangiotada g‘isht zavodi faoliyati to‘xtatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi g‘isht zavodida ekologiyani ifloslantiruvchi moddalar chiqayotgani haqida video tarqalgan edi.
Ekologik vaziyatni yumshatish maqsadida tashkil etilgan Maxsus komissiya ishchi guruhi voqea joyiga yetib borib, o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hududdagi «O‘rtavul oltin g‘isht» MChJ tomonidan g‘isht ishlab chiqarishda ekologiya talablariga javob bermaydigan holat mavjudligi o‘z tasdig‘ini topdi. Mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rildi va zavod faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter