Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda bo‘lgan 41 nafar vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Eronda bo‘lgan 41 nafar vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Bir guruh O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston orqali Erondan tranzit yo‘li bilan olib kelindi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda viza va transport-logistika masalalarini tezkorlik bilan hal qilgan.

«Turkmaniston tomonining ko‘magi bilan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi «Saraxs–Seraxs» va «Gaudan–Bajgiran» chegara o‘tkazish punktlarida kutib olinib, diplomatik xodimlar tomonidan ularning vatanga xavfsiz yetib kelishi ta’minlandi», – deyiladi xabarda.

Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari doirasida amalga oshirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring