Yevroittifoq «Huawei» va «ZTE» qurilmalaridan voz kechishni tavsiya qildi
Yevrokomissiya a’zo davlatlarga «Huawei» va «ZTE» uskunalarini mahalliy telekommunikatsiya infratuzilmasida ishlatmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda komissiya vakili dushanba kuni ma’lum qilgan.
Bryusselda o‘tkazilgan brifingda aytilishicha, tasdiqlanish arafasidagi yangi kiberxavfsizlik qoidalari Yevropa Ittifoqiga «yuqori xavfli yetkazib beruvchilar» qurilmalarini bozorga kiritishni taqiqlash imkonini beradi.
Mazkur tashabbus Yevropa Ittifoqida telekommunikatsiya tarmoqlari xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan. Rasmiylarga ko‘ra, strategik infratuzilmada ishlatiladigan texnologiyalar milliy va mintaqaviy xavfsizlik uchun muhim ahamiyatga ega.
Bunga javoban Xitoy o‘tgan hafta agar ushbu qoidalar amalda qo‘llansa, qarshi choralar ko‘rishi mumkinligini bildirdi. Xitoy hukumati yangi qoidalarni «kamsituvchi» deb baholamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter