Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada sifatsiz dorilarning katta partiyasi qo‘lga olindi

Farg‘onada sifatsiz dorilarning katta partiyasi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Farg‘ona viloyatida sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari bilan shug‘ullanib kelgan M.A. “A.Ikromov” va “Saodat” MFY hududidagi xonadonlarda xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 163,6 mln so‘mlik 11 turdagi jami 2 411 quti dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring