Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haj» ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

«Haj» ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan shaxs  aldov yo‘li bilan 1996-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni va 1964-yilda tug‘ilgan onasini bu yilgi «Haj» mavsumida Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga har biri uchun 9 ming AQSh dollaridan, jami 18 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 9 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring