Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havo tozalagichlar bojxona bojidan ozod etiladi

Havo tozalagichlar bojxona bojidan ozod etiladi

Illyustrativ foto

«Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga ko‘ra, atmosfera havosining PM 2.5 zarralari bilan ifloslanish manbalarini aniqlash uchun Atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil qilinadi.

2026-yil bahor hamda kuz mavsumlarida Toshkent shahrining 33 km uzunligidagi kichik halqa yo‘li bo‘ylab «Yashil koridor» loyihasi amalga oshiriladi.

2026-yil 1-aprelgacha «Yashil Toshkent» master rejasi ishlab chiqiladi.

Toshkent shahrining barcha tumanlarida «yashillik» darajasi past bo‘lgan 3 tadan uzunligi 5 kmdan kam bo‘lmagan ko‘chalarni tanlab olish orqali «Soyali sayr ko‘cha»si tashkil qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 8509 80) O‘zbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring