Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Hindiston bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

«Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring