Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ho‘rmuzda to‘qnashuvlar: AQSh Eron katerlarini yo‘q qilgani aytilmoqda

Ho‘rmuzda to‘qnashuvlar: AQSh Eron katerlarini yo‘q qilgani aytilmoqda

Yaqin Sharqdagi vaziyat yana keskinlashmoqda. Ho‘rmuz bo‘g‘ozida AQSh kuchlari va Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi.

AQSh tomoniga ko‘ra, Eron katerlari himoya ostidagi kemalarga raketa va dronlar bilan hujum qilganidan so‘ng ularga javob zarbasi berilgan. Natijada kamida oltita kichik kema yo‘q qilingani aytilmoqda. Donald Tramp esa yettita kater yo‘q qilinganini bildirgan.

Tasnim agentligi Eron harbiylariga tayanib AQSh hujumi ortidan 5 kishi halok bo‘lgani haqdia yozdi.

Shu bilan birga, BAAda raketa xavfi e’lon qilindi, Fujayradagi neft obyektiga zarba berilgani xabar qilindi. Omon hududida ham hujumlar qayd etilgan, Isroil armiyasi yuqori jangovar shaylik holatiga o‘tgan.

AQSh harbiylari o‘z harakatlarini savdo kemalarini himoya qilish bilan izohlamoqda. Shu bilan birga, rasmiylar sulh rejimi tugagan-tugamaganiga aniq baho bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring