Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron Ho‘rmuzni kesib o‘tishga uringan BAA tankerini nishonga oldi

Eron Ho‘rmuzni kesib o‘tishga uringan BAA tankerini nishonga oldi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida BAAning ADNOC kompaniyasiga tegishli tanker ikki dron orqali hujumga uchradi. Jabrlanganlar yo‘q, deya ma’lum qildi BAA Tashqi ishlar vazirligi. 

Rasmiy bayonotda ushbu hujum xalqaro huquq va dengizda erkin harakat tamoyillarini qo‘pol buzish sifatida baholandi. BAA Eronni tijorat kemalariga qarshi harakatlar va dengiz yo‘llarini to‘sishda ayblab, buni mintaqaviy barqarorlik va global energiya xavfsizligiga tahdid deb atadi.

Shu bilan birga, Eron tomoniga yaqin manbalar AQSh kemalariga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berilmasligini, boshqa kemalar esa faqat Eron qurolli kuchlari roziligi bilan harakatlanishi mumkinligini bildirgan.

BAA Tehronni hujumlarni to‘xtatishga va bo‘g‘ozni to‘liq ochishga chaqirdi.

Shuningdek, Tehron davlat ommaviy axborot vositalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli fregatga ikkita raketa kelib tushgani haqida xabar qildi.

Eron tomonining da’vo qilishicha, AQSh harbiy kemasi Jask shahri yaqinida bo‘lgan va Tehronning ogohlantirishlariga javob bermagan. Xabarda aytilishicha, raketa zarbalaridan so‘ng kema ortga chekingan.

AQSh armiyasi Markaziy qo‘mondonligi esa Eron hujumlari natijasida o‘z kemalariga hech qanday zarar yetmaganini rasman ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Yaqin Sharqdagi mojaroga aloqador bo‘lmagan qator davlatlar kemalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan chiqarib yuborilishini ma’lum qilgandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring