Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron: AQSh Ho‘rmuzda o‘rnatilgan tartibga aralashmasligi kerak

Eron: AQSh Ho‘rmuzda o‘rnatilgan tartibga aralashmasligi kerak

Eron parlamenti milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha keskin bayonot berdi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan yangi dengiz tartibiga har qanday aralashuv sulh kelishuvini buzish sifatida baholanadi.

«Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazi – beo‘xshov bayonotlar uchun mavzu emas. Bu hudud tashqi kuchlar tomonidan boshqarilmaydi», – dedi u.

Aziziy, shuningdek, Trampning bayonotlarini tanqid qilib, mintaqadagi vaziyatni «ayblovlar o‘yini»ga aylantirish bilan ishonch qozonib bo‘lmasligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin, Tramp Vashington dushanba kundan boshlab Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan neytral davlatlar kemalariga yordam ko‘rsatishini ma’lum qilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring