Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan o‘zga davlatlar kemalari chiqarib yuboriladi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan o‘zga davlatlar kemalari chiqarib yuboriladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington dushanba kundan boshlab Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan neytral davlatlar kemalariga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaroga aloqador bo‘lmagan qator davlatlar AQShdan o‘z kemalarini bo‘g‘ozdan xavfsiz chiqarishda ko‘mak so‘ragan. Shu munosabat bilan «Ozodlik rejasi» deb nomlangan tashabbus yo‘lga qo‘yiladi.

Tramp operatsiya asosan gumanitar maqsadga qaratilganini ta’kidlab, kemalarda oziq-ovqat zaxiralari kamayib borayotganini bildirdi. AQSh ularni kuzatib, xavfsiz o‘tishini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

AQSh prezidenti Eron bilan muzokaralar «ijobiy ruhda» ketayotganini ham qayd etdi. Shu bilan birga, agar ushbu operatsiyaga to‘sqinlik qilinsa, Vashington kuch ishlatishdan qaytmasligini ham bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring