Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ibn Sino» xalqaro mukofoti ta’sis etiladi

«Ibn Sino» xalqaro mukofoti ta’sis etiladi

Foto: Gazeta

Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Hukumat qarori (575-son, 19.10.2026-y.) bilan buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib qilish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2030-yilda nishonlanadigan alloma tavalludining 1050 yilligi tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan «yo‘l xaritasi»da, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

- 2026 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida «Ibn Sino – G‘arb va Sharq falsafiy tafakkurining buyuk namoyandasi» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish;

- oliy tibbiyot ta’lim tashkilotlari, ilmiy markazlar, kutubxonalar hamda davolash-profilaktika muassasalarida ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rgazmalar, ochiq ma’ruzalar tashkil etish;

- xorijiy mamlakatlarga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, allomaning xorijda saqlanayotgan qo‘lyozmalarini jamlash;

- «Mo‘’jaz al-Qonun», «Qonuncha», «Al-Ishorat va at-tanbihot», «Donishnoma», «Kitob ash-Shifo», «Sharq falsafasi» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, ularning bosma va elektron nashrlarini tayyorlash;

- «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish.

Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida davlat muassasasi shaklida Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi. Markazning asosiy vazifalari:

- Ibn Sino tibbiyoti bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazish, natijalarini zamonaviy tabobatda qo‘llash;

- qo‘lyozmalarni jamlash, o‘zbek tiliga tarjima qilish, ularning elektron platformasini yaratish;

- tibbiyot xodimlari va tibbiyot tarixiga qiziquvchilar uchun o‘quv kurslari va mahorat darslarini yo‘lga qo‘yish.

Markaz Buxoro davlat tibbiyot institutining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grantlari, pulli xizmatlardan tushadigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring