Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi e’lon qilindi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi e’lon qilindi

Foto: Nobel Prize

Navanetem «Navi» Pillay 2026-yilgi Nobel tinchlik mukofoti laureati deb topildi. Bu haqda Norvegiya Nobel qo‘mitasi bu haqda Osloda e’lon qildi.

​Mukofot «tinchlik va xalqaro huquqni ilgari surishdagi sa’y-harakatlari uchun» berildi.

Navanetem «Navi» Pillay — Janubiy Afrika Respublikasidan bo‘lgan dunyoga mashhur yurist, sudya va xalqaro inson huquqlari himoyachisi.

​Bu yil Tinchlik mukofotiga 287 nomzod — 208 nafar shaxs va 79 ta tashkilot nomzod qilib ko‘rsatildi. Qo‘mita ularning ismlarini sir saqlamoqda: nomzodlar va muhokamalar haqidagi ma’lumotlar 50 yil davomida maxfiyligicha qolmoqda.

​2025-yilda mukofot Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machadoga berildi. Qo‘mita uning venesuelaliklarning demokratik huquqlarini ilgari surishdagi faoliyatini va diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch o‘tish uchun kurashini e’tirof etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring