Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishlamayotgan ayrim tekstil korxonalarni Afg‘onistonga ko‘chirish rejalashtirilyapti

Ishlamayotgan ayrim tekstil korxonalarni Afg‘onistonga ko‘chirish rejalashtirilyapti

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Afg‘onistonning «Afg‘on tekstil korporatsiyasi» davlat korxonasi o‘rtasida mamlakatimizda faoliyati to‘xtagan ayrim tekstil korxonalarini Afg‘oniston hududida lokalizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida dastlabki inventarizatsiya va loyihalash ishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 18–23 oktyabr kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xodimi Z.Normatov hamda sohaning malakali mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning Afg‘onistonga xizmat safari uyushtirildi.

Safar davomida Parvon viloyati Gulbahor tumanidagi «Gulbahor tekstil fabrikasi», Kobul shahridagi tikuv sexi, Qandahor viloyatidagi «Qandahor tekstil fabrikasi», Balx viloyati Mozori-Sharif shahridagi «Balx tekstil fabrikasi» va Bag‘lon viloyati Puli-Xumri shahridagi «Puli-Xumri tekstil fabrikasi» ob’yektlari o‘rganilgan.

«Binolarning joriy holati, texnologik uskunalar, infratuzilma imkoniyatlari baholandi va avvalgi loyihalash uchun zarur texnik-iqtisodiy ma’lumotlar yig‘ildi.

Hozirgi paytda ekspertlar tomonidan ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonlar Afg‘onistondagi tekstil korxonalarini qayta tiklash va ishga tushirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi», – deyiladi SSP xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring