Isroil 15 nafar falastinlikning jasadini qaytardi
G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari Isroil hukumati tomonidan yana 15 nafar falastinlikning jasadi qaytarilganini ma’lum qildi. Bu haqda The Times of Israel manbasi xabar bergan.
Ayni paytda, o‘tgan kechasi HAMAS Isroilga halok bo‘lgan isroillik – garovga olingan Meni Godarning jasadini topshirgani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyidagi otashkesim kelishuvi doirasida HAMAS G‘azoda ushlab turilgan barcha 20 nafar tirik garovdagi shaxsni ozod etgan. Bu amal qariyb 2 ming nafar falastinlik mahkum va qo‘lga olinganlarni Isroil tomonidan ozod qilinishi evaziga amalga oshirilgan edi.
Isroil tomoni qaytarilgan jasadlar ro‘yxati yoki ularning o‘lim sabablari haqida rasmiy ma’lumot bermagan. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi esa qaytarilgan jasadlar orasida o‘tmishdagi harbiy amaliyotlar davomida halok bo‘lgan fuqarolar ham borligini bildirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter